«FAROVON SUG‘URTA» AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi

Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: farovonsugurta@mail.ru, veb-sayt: www.farovonsugurta.uz) «FAROVON SUG‘URTA» aksiyadorlik jamiyati 2022 yil 30 iyun soat 15:00da Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 109-uy manzilda joylashgan «ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi bosh ofis binosida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishni ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi lozim.
Yillik umumiy yig‘ilish o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022 yil 8 iyun.
O‘tkazilayotgan yillik umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2022 yil 24 iyun.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash.
- 2021-yil faoliyat yakuni bo‘yicha Kompaniya Kuzatuv kengashi Raisining hisoboti.
- Kompaniyaning 2021-yil moliya-ho‘jalik faoliyati natijalari va 2022 yilga Kompaniya Bisnes-rejasi parametrlari to‘g‘risida Bosh direktor hisoboti.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq Kompaniyaning 2021 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvi natijalari haqida mustaqil auditor xulosasi.
- Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan Kompaniyaning 2021 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotini xalqaro audit standartlariga muvofiq mustaqil auditorlik tekshiruvi natijalari haqida hisobot-xulosasi.
- 2021 yil yakuni bo‘yicha yillik hisobotni tasdiqlash.
- 2021 yil uchun Kompaniya sof foydasi taqsimotini tasdiqlash.
- Kompaniya Ustaviga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va Kompaniya Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
- Kompaniyaning «Kuzatuv kengashi to‘g‘risida»gi, «Ijro organi to‘g‘risida»gi, «Taftishchi to‘g‘risida»gi, «Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida»gi Nizomlarni tasdiqlash.
- Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash.
- Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.
- Kompaniyaning 2022 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini aniqlash va uning xizmatlariga haq to‘lashning chegaraviy miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.
- Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- Kompaniyaning affillangan shaxslari bilan tuzilishi kutilayotgan bitimlarni ma’qullash masalasini ko‘rib chiqish.
- Kompaniyaning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yirik bitimlarni tuzish masalasini, ijro etuvchi organ tomonidan mustaqil ravishda bajarishi maqsadida aniqlab chiqish hamda ma’qullash.
- Xayriya (homiylik) yoki beg‘araz yordamning chegaraviy miqdorlarini belgilash.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan materiallar bilan Kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 109 uy manzilida joylashgan ma’muriy binosi hamda www.farovonsugurta.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun telefon: (78) 147-11-00.
«FAROVON SUG‘URTA» AJ Kuzatuv Kengashi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter