Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fotopost. Mirzacho‘lning qayta «tug‘ilishi»

Fotopost. Mirzacho‘lning qayta «tug‘ilishi»

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Bundan sal kam 70 yil avval O‘zbekiston qumliklari o‘rnida yangidan yangi posyolkalar, qishloqlar, aholi uchun zarur uy-joy massivlari qurish, odamlarni ish bilan ta’minlash, yashash uchun sharoit yaratish maqsadida cho‘l-u biyobonlar o‘zlashtirildi. Ming mashaqqatlar bilan suv keltirildi. Binolar qurildi, zamonaviy inshoatlar, birinchi galda ijtimoiy-madaniy, mayishiy ob’yektlar tez fursatda barpo etildi. Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida ham bu kabi keng ko‘lamli ishlar olib borilib nafaqat respublikamizdan balki qo‘shni qardosh davlatlardan ham birodarlarimiz yordamga kelishdi. Keyinchalik bu go‘zal go‘shalarda muqim yashab qolishdi. Ko‘p millatli Mirzacho‘l tumani ahli yillar davomida og‘a-ini, quda-anda, qarindosh urug‘ bo‘lib istiqomat qilib kelishadi.

Biroq, o‘tayotgan yillar o‘z ta’sirini hududga o‘tkazmay qolmadi. Chunki qurilgan inshoatlar, binolar 70 yil davomida eskirib nurab bordi. Achinarlisi, o‘sha davrda quruvchi va ishchilar uchun vaqtincha qurib berilgan barak uylar yangilanmay qoldi. Oddiy yog‘ochlar bir biriga qalashtirib qurilgan, poydevori ham bir necha yillargagina mo‘ljallangan uy odamlarga doimiy bosh pana vazifasini o‘tadi. 80 yillar oxirida uylar asta sekin nuray boshladi. Yuqoriga qilingan murojaat faqat “kutib turinglar” degan javob bilan yakunlanaverdi.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Shukurki, tuman ahlining ko‘ksidagi og‘riq barham topdi. Yurtboshimizning 2018-yil mart oyida qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risidagi farmoni va qarorining qabul qilinishi Mirzacho‘l tumanida uzoq yillardan beri to‘planib qolgan muammolarga yechim topdi. Qarorga ko‘ra birinchi galda maxsus Komissiya tuzildi. Ushbu tarkibga 30ga yaqin tashkilotlardan kiritilgan mansabdor shaxslar, sektorlar rahbarlari, jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya a’zolari mavjud xolatni to‘la va atroflicha o‘rgangan xolda vaziyatni tubdan yaxshilash maqsadida mahalliy yo‘l xaritasi tuzildi va vazifalar belgilandi.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Komissiyaning tuzilishi esa xalq qalbiga quloq solish, ularning muammolarini hal etishda amaliy yordam berish, xalqning talab va istaklari asosida ishlash prinsiplarini hayotimizda chuqur joriy qilishga qat’iyat bilan harakat qilinayotgani amalda quchoq ochib xalq ichiga borish, uning armonlarini ushaltirish, orzularini ro‘yobga chiqarishdek ulug‘ maqsadga qaratilgan. Ular mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun «G‘alaba» mahallasidagi 17 ko‘chada istiqomat qilayotgan 1405 ta xonadonga birma bir kirib mavjud muamolarni o‘rganishdi. Kommunal xizmatlar, uy-joy, bandlik, maishiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi kamchiliklar, zarur xujjatlarni to‘g‘irlashda yo‘l qo‘yilgan mingdan ziyod xolatlar aniqlanib, ularning aksariyati joyida o‘z yechimini topdi.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Mazkur murojatlarning ko‘pgina qismi yuqorida qayd etganimizdek, uy-joy masalasi bilan bog‘liq. Shu sabab ham, shahsan Prezidentimizning topshriqlariga asasan ushbu mahallada barak va ko‘rimsiz uylar o‘rnida 400 ta namunaviy loyihalar bo‘yicha 4 sotix maydondagi yer uchastkasida bir qavatli ikki va uch xonali uylar qurilishi belgilani fuqarolarni juda mamnun etdi.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Yangilangan loyihalar bo‘yicha barpo etiladigan uylar o‘zining narx parametrlari, sifat tavsiflari va shinamliligi bo‘yicha Markaziy Osiyoda o‘xshashi yo‘qligini e’tirof etish zarur. Bunday uylar birinchi galda uzoq yillar hech bir sharoitga ega bo‘lmagan 54tauyda istqomat qilib kelayotgan aholiga berilishi uy egalarining quvonchiga quvonch qo‘shdi. Ana shulardan biri Norqo‘ziyevlar oilasidir. bundan olti yil avval xonadon sohibi baxtsiz xodisa tufayli olamdan ko‘z yumdi. To‘rt farzand chirqillab qolaverdi. Ro‘zg‘or tashvishi honadon bekasining zimmasiga tushdi. Ammo, hududda ish yo‘qligi, uy ham to‘kilaman deb turgani oila a’zolarining yurak bag‘rini ezardi. Hatto, oilannig to‘ng‘ich farzandi, kollej bitiruvchisi Nilufarxon ham ish izlab qancha eshikni taqilatmadi deysiz. Afsuski, hech qanday ish topa olmay muammolar iskanjasida qovrilib yuraverdi.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Endilikda mana shunday namunali, zamonaviy uy-joylar Nilufar Norqo‘ziyeva kabi qiynalgan oila vakillariga berilishi bilan birga doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishi adolat qaror topilganining belgisidir. Uy egalari bundan ruhlanib, qurilayotgan yangi uy-joylarda o‘zlari ham bosh qosh bo‘lib hasharchilarga ko‘mak berishayapti.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Olib borilayotgan ishlar ko‘lami haqiqatdanda keng. Mirzacho‘l xayotida tub burilish davri boshlandi. Loqaydlik sabab cho‘lu, biyobonga aylanib, kun sayin so‘nib borayotgan tumanda, yana jo‘shqin hayot boshlandi. Chorak asr oldin go‘shani obod qilishga kishilar qanday oshiqqan bo‘lsa, bugun yana minglab yurtdoshlarimiz mirzacho‘l tomon talpinmoqda. Qalblarda yaratuvchanlik zavqi, yoshlar tomirida qaynoq qon oqib hamma bir maqsad, bir g‘oya ustida ishlamoqda — «Mirzacho‘lni gulistonga aylantirish».

Bu yerda bo‘layotgan ishlarga birma-bir to‘xtalmay iloj yo‘q. Avvalo aholining yaxshi yashashi uchun, tinch va baxtli hayot kechirishi uchun uy-joy zarur. Shuni hisobga olib hududda namunaviy loyihalar asosida arzon uy-joylar qurilishga katta e’tibor berildi. 112 ta yangi uy-joylar qurilishi boshlanib ketdi. Qo‘shimcha qurilayotgan 48 ta uyda transheya qazildi va 110 ta uyga shiben tashlandi.

Mazkur ishlarda FVV tizimidagi kuch va vositalar, yuzlab maxsus texnika va moslamalar, mutaxassis va ishchi kuchlar safarbar etilgan. Vazirlik tizimdagi harbiy qismlardan 600 nafarga yaqin askarlar tantanali kutib olindi. Ularning kelishi bu yerdagi ish suratini yanada oshirdi. Yosh, bilagida kuchi bor navqiron yigitlarning fidoyi mehnatlari boshqalarda ham ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirdi. Ular ana shu uy-joylar qurilishida jonbozlik ko‘rsatmoqda.Tez kunlarda yana qo‘shimcha 400 nafar harbiylarning kelishi ham kutilayapti. Bu esa huddagi obodonlashtirish ishlari surati yanada oshishini ta’minlaydi.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Hasharchilar uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan. Turar joy, ovqatlanish uchun oshxona, tibbiy ko‘rik o‘tkazish uchun punkt hamda madaniy hordiq chiqarish uchun zarur choralar ko‘rilgan.

E’tiborlisi, mahalla ahli ham xususan, 500 nafardan oshiq fuqarolar obodonchilik ishlarida qatnashayapti. Maqsad obod maskanni tezroq barpo etish. Ular kuchi bilan mahalladagi 54 ta ko‘p qavatli uylar kundan kunga chiroy ochmoqda. Barcha uylarning tom qismi to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Eski yaroqsiz shiferlar yangisiga almashtirildi. Navbat uylarning fasad qismiga keldi. Kundan kunga ko‘rkamlashib borayotgan uylar obod qishloq dasturi shabodasi bu yerga ham yetib kelganini bildirayapti.

Har kuni mamlakatimizning turli hududlaridan yangi texnika va vositalar, qurilish materiallari kelib turibdi sement, g‘isht, taxta, shag‘al, shifer, armatrua, beton plitalari, xullas, barcha turdagi qurilish mollari ortig‘i bilan yuk mashinalarida kirib kelmoqda.

Ayni kunda «G‘alaba» mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonchilik ishlarida ishtirok etayotgan 3200 nafardan ziyodyurtdoshlarimizning qishloq ko‘chalarida, uy-joylar va ko‘p qavatli uylar atrofida amalga oshirayotgan ishlari aqlingni shoshiradi. Bundan 40 kun oldin bu yerga kelgan odam tor va diqqinafas ko‘chalar, ayqash-uyqash qurilgan noqonuniy binolarning achinarli xolatini ko‘rib, kishilarni tushkun kayfiyatda uchratsa, bugun kelgan odam butunlay uning aksini ko‘radi. Mehnat qilayotgan insonlarning bir-birlariga do‘stona va samimiy munosabati, atrofdagi o‘zgarishlardan ko‘nglida mamnunlik xissini tuyadi. Bu tarixiy o‘zgarishlarda ishtirok etayotgan tashkilot, korxona xodimlari o‘z ishlari bilan mashg‘ul. Muhimi belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarayapti.

Xususan elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bugungi kungacha jami 16,35 km elektr uzatish tarmog‘i tortildi, 679 ta elektr hisoblagichlari mansublik chegarasidan chiqarildi. 4 ta transformator punkti mukammal ta’mirlandi, 1 ta yangi tranformator punkti o‘rnatildi, 170 dona ustunlar demontaj qilindi, 160 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi. Bu ishlar 5 ta maxsus texnika va 55 nafar ishchilar jalb etilmoqda. Natijada 400 ga yaqin xonadonlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoni yaratildi.

Ichimlik suvi va oqava suv ta’minotidagi yangiliklar ham kishini xursand etadi. Misol uchun 9,5 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari boshlanib, hozirda 6 km quvurlar keltirildi. 400 metr transheya qazilib, bugungi kunga qadar jami 3850 metr quvur tortildi.

Foto: Facebook / Xalq bilan muloqot

Hududdagi mavjud jami 68 ta kanalizatsiya kalodetsini tozalash ishlari yakunlandi. 12 ta yangi kolodets olib kelindi. Mavjud 4 ta kanalizatsiya quduqlaridan 2 tasini tozalash ishlari tugatildi. Oqava suv tarmoqlari ko‘p qavatli uylar oldiga 100 metr transheya qazildi, 300 metr oqava suv tarmog‘i olib kelindi, 3 ta kanalizatsiya kalodetslari o‘rnatildi.

Yo‘lsozlarimiz ham o‘zlariga yuklatilgan vazifani ortig‘i bilan uddalashmoqda. Ular tomonidan shu kunga qadar jami 483 dona 2898 metr yangi latok, 590 tonna beton, 2050 tonna kum-shag‘al aralashmasi yotqizish ishlari bajarildi.

Bilasiz, yildan yilga aholining tabiiy gazga bo‘lgan extiyoji ortib borayapti. Mazkur tumanda ham tabiiy gaz muammosi yillar davomida yechilmay keladi. Dastur doirasida bu kamchilik ham o‘z yechimni topadigan bo‘ldi. 15,0 km uzunlikdagi gaz quvurlari demontaj qilinib, hududda gaz ta’minoti yaxshilanishga erishildi. Chekka hudud aholisi uchun 570 dona suyultirilgan gaz ballonlari tarqatildi.

Mahallani toza hududga aylantirish maqsadida bir kunda 680 tonna, mavsum boshidan buyon 23 000 tonna maishiy va qurilish chiqindilari tashib chiqarildi.

Tuman markazida aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish deyarli yo‘q hisobi edi. Vaholanki, kundalik hayotimizni xizmat ko‘rsatish tarmoqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bunday xizmatlarning yo‘lga qo‘yilishi, birinchidan aholi bandligini ta’minlasa, ikkinchidan shu yerda yashovchilar fuqarolarning og‘irini yengil qiladi. Shu sabab ham hududdagi 70 ta maishiy hamda ijtimoiy ob’yektlarning 45 tasida loyiha hujjatlari tayyorlanib, ta’mirlash ishlari boshlandi.

Jumladan, 13 sonli MTM muassasasida ham kapital ta’mirlash ishlari olib borilib, bolajonlar va ota-onalar uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bundan mahalliy aholining boshi osmonga yetmoqda.

Aytgancha, qishloqda chorva mollari boqmaydigan xonadonlarni uchratish qiyin. Biroq ko‘p qavatli uylarda buning iloji yo‘q. Ammo shu vaqtga qadar sharoit yo‘qligi bois G‘alaba mahallasida ko‘p qavatli uylarda yashovchilar chorva mollarini boqishga qiynalishardi. Joy yo‘qligi bois ham atrofda o‘rgimchak to‘riday noqonuniy, talablarga javob bermaydigan molxonalar qurib tashlangan edi. «Obod qishloq» dasturi doirasida bu xayrli ish ham inobatga olinib, mahalla chekkasidan zamoanviy chorva mollari hamda yem hashak saqlanadigan bino qurilishi ham qizg‘in olib borilayapti.

Mirzacho‘l tumanida ham mehnatga layoqatli aholi qatlamlarini ish bilan ta’minlash, kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash yillar davomidagi muammoga aylangan. Boisi, tumanda sanoqli kichik korxonalarni hisobga olmasa, xizmat ko‘rsatish va servis sohalari bo‘yicha markazlar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilmagan. Muammo girdobida qolgan fuqarolar uni qay yo‘sinda hal etishga chora topmagan. Dastur doirasidagi ishlarda bu muhim masala ham alohida e’tiborga olingan. Tuman markazida 200 o‘rinli tikuv sehi hamda ip kalava, mato va trikotaj maxsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan umumiy qiymati 9 mln AQSh dollarini tashkil etadigan «Mirzacho‘l tekst» fabrikalari ishga tushadi. Mazkur fabrikaga esa 250 nafar xotin qizlar va yoshlar jalb etilib eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirlgan. Hozirda fabrika uchun ajratilgan 12 gektar maydonda qurilish ishlari olib borilayapti.

Mirzacho‘l tumani markaziga borsangiz qizg‘in mehnat quchog‘i sizni qarshi oladi. Hamma tomonda zamonaviy, qudratli texnikalarning gurillagan tovushi, mehnat qilayotgan kishilarning «oldik», «ko‘tardik», «barakalla», degan ovozlari jaranglab turibdi. Ishlar shu darajada qizg‘in ketmoqdaki, kun kech bo‘lganini ham sezmay qolasiz. FVV va harbiylar esa ishni kuni-tun tashkil etganligi, ish unimini yanada oshirmoqda.

Bu o‘zgarishlarni ko‘rib bir zamonlar aytilgan «Cho‘l eding, ayladi bo‘ston. Rahmat senga hazrati inson» deging keladi. Bir so‘z bilan aytganda Mirzacho‘lda boshlangan bunyodkorlik odamlar qalbiga ham obodlik olib kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring