Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokimning matbuot kotibi «noma»lari o‘rganilmoqda - Bosh prokuratura

Hokimning matbuot kotibi «noma»lari o‘rganilmoqda - Bosh prokuratura

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi Mirzohid Botirovga tegishli ekani aytilayotgan yozishmalarning nusxasi (skrinshot) tarqalganidan xabaringiz bor. Ularda ayniqsa bloger Otabek Nuritdinovning 15 sutkaga «kesilishi»ga oid shubhalarga asos bo‘luvchi gaplar borligi jamoatchilikning qiziqishini  chandon orttirayotgani ham rost.

Holat nozik va jiddiyligi e’tiboridan  prokuratura darhol holatni o‘rganishga tushdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning  «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, hokimning matbuot kotibiga tegishli ekani aytilayotgan «noma»lar Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda. Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Bu orada Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ham  holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unga ko‘ra:«Feysbuk» ijtimoiy tarmog‘ida «Yoshlar olami» akkaunti bilan foydalanuvchi Mirzohid Botirovning ushbu akkaunti xakerlik hujumiga uchragan  bo‘lib, M.Botirov 2020 yilning 8 fevral kuni ushbu holatlardan xabar topgan va shu kunning o‘zidayoq viloyat prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Hozirda huquq-tartibot organlari tomonidan skrinshotdagi yozishmalar kim tomonidan olib borilganligiga aniqlik kiritilmoqda. 

Ushbu xabarlar tafsiloti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi».

Albatta, vaziyatga jiddiy o‘rganish orqaligina oydinlik kiritilishi mumkin. Biroq  hozirdanoq katta-katta moliya muassalari yoki mashhurdan mashhur insonlarning tarmoqdagi akkauntini «nishonga oladigan» xakerlar bir viloyatning sirligina matbuot kotibiga hujum qilgani  hozirdanoq shubha uyg‘otayotir.

Xo‘p, o‘rganish natijalarini kutamiz. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring