Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar IIBB biometrik pasport olmaganlar javobgarlikka tortilishdan ogohlantirdi

Toshkent shahar IIBB biometrik pasport olmaganlar javobgarlikka tortilishdan ogohlantirdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) aholini 2018-yilning 1-iyuliga qadar eski pasportini yangi biometrik pasportga almashtirish lozimligi haqida ogohlantirdi.

Ma’lumki, 1-iyuldan eski pasportlar amal qilish muddati tugaydi va yangi pasportni olishga ulgurmaganlar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

«Fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahar IIBB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari 26-maydan e’tiboran soat 08:00dan boshlab xizmat ko‘rsatadi», — deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring