Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV internetda tarqalgan odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq e’longa izoh berdi

IIV internetda tarqalgan odam o‘g‘irlash bilan bog‘liq e’longa izoh berdi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi. DIQQAT!»  deb boshlangan grammatik xatoliklarga boy e’lon tarqatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi mazkur hodisaga izoh berdi. 

Foto: Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Unda e’lon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tayyorlanmaganligini bildirilgan.

«Hozirgi kunda soxta e’lon tarqatish bilan shug‘ullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Hurmatli fuqarolar! Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmang. Aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni faqatgina rasmiy manbalardan olishingiz mumkin» deyiladi IIV xabarida.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring