Navoiydagi IIV media markazi Xitoy tajribasi asosida ishlamoqda (foto)

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari, yangi ochilgan media markaz boshlig‘i O‘ktam Usmonovning aytishicha, markaz hozircha ichki ishlar tizimida yangi yo‘nalishdir.

Mazkur markazni jihozlash uchun qariyib 400 million so‘m mablag‘ sarflandi. Bu yerda tasvirga olishdan tortib tayyor ko‘rsatuv holatiga keltirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Hozirning o‘zida 3 ta loyiha bo‘yicha ya’ni «Islohot –amalda», «Aybdor kim?», «Murojaat va yechim» ko‘rsatuvlari tayyorlanib, ularni nafaqat mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalarida namoyish etilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatida bo‘lgan tashrifi chog‘ida Media markazga va Navoiy shahar 3-ichki ishlar bo‘limidagi «Vaziyatlar markazi»da bo‘lib, faoliyatimiz bilan yaqindan tanishib, zarur ko‘rsatmalar bergandi.

«Vaziyatlar markazi» boshlig‘i Abbos Malikovning ta’kidlashicha, mazkur markazda 42 ta avtomashina davlat raqamlarini kuzatib turuvchi kameralar ishlab turibdi. Ular yordamida joriy yilning o‘tgan ikki oyida yo‘llardagi 936 ta qoidabuzarliklar aniqlandi. Xitoy tajribasi asosida shaharning turli nuqtalariga 20 dona «Tezkor chaqiruv tugmalari» o‘rnatilgan bo‘lib, ular ham ushbu markazga ulangan. Qolaversa, aholi gavjum nuqtalarda, bozor, yirik savdo shaxobchalari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi kameralarni ham «Vaziyatlar markazi» nazorat qilib boradi.
Marusa Xosilova
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter