Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki oyda qonunbuzarlarga 4 mlrd 333 mln so‘m jarima yozildi — Ekoqo‘mita

Ikki oyda qonunbuzarlarga 4 mlrd 333 mln so‘m jarima yozildi — Ekoqo‘mita

Yanvar-fevral oylarida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 8 131 ta qonunbuzarlik holati aniqlangan. AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mas’ul xodimi Valijon Ibrohimov bu haqda ma’lum qilgan. 

Joriy yilning o‘tgan ikki oyi davomida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan 8 mingdan ortiq sharq chinori, eman, qrim qarag‘ayi, chinorsimon zarang, eldor qarag‘ayi, kashtan, shumtol, turang‘il hamda boshqa 20 turdan ortiq qimmatli manzarali daraxt kesishdan saqlab qolindi.

Shuningdek, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan respublika miqyosida o‘tkazilgan 9 mingdan ziyod reydlarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 8 131 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlangan, shundan 96 nafari mansabdor shaxsni tashkil etadi.

Huquqbuzarlarga nisbatan 4 mlrd 333 mln so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun 3 mlrd 49 mln so‘m da’vo belgilandi.

Bundan tashqari, daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 1021 ta qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, jami 1 ming 650 tup daraxtlar, shundan 768 tup qimmatbaho daraxtlar va 643 m3 butalar noqonuniy kesilganligi uchun qonunbuzar shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda 1 mlrd. 251 mln.so‘m ma’mruiy jarima va 3 mlrd 590 mln so‘m o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar belgilandi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring