Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax hokimligi buyurtmasini bajargan korxona hokimning qiziga tegishli ekani aytilmoqda

Jizzax hokimligi buyurtmasini bajargan korxona hokimning qiziga tegishli ekani aytilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi 2020-yil noyabr oyida Jizzax shahri ko‘chalarini ko‘rkam qiyofaga keltirish va obodonlashtirish maqsadida Sharof Rashidov ko‘chasiga manzarali daraxtlar va mavsumiy gullar ekish (archa?) uchun buyurtmachilarni tanlab olish maqsadida tanlov e’lon qilgan. Qariyb 1 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini «My Flower» MChJ yutgan. Bu haqda Telegramdagi «davletovuz» kanali yozdi.

Qayd etishicha, mablag‘lar viloyat hokimi Saliyev Ergash Alibekovich farmoyishi bilan mahalliy budjetning oshirib bajarilgan qismidan ajratilgan. Yana bir tarafi: hokim mazkur farmoyishni tasdiqlash uchun xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritishni birinchi o‘rinbosariga topshirgan. 

2020 yilning fevral oyida esa Jizzax shahri ko‘chalariga mavsumiy gullar ekish ob’yekti bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda ham «My Flower» MChJ pudratchi sifatida g‘olib bo‘ladi. Loyiha qiymati 1 mlrd 69 mln so‘m.

«My Flower» MChJ kimga tegishli? 2019 yilning may oyida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mazkur tadbirkorlik sub’yektining 50,80% ulushiga Saliyeva Nargiza Ergashevna (Saliyeva Nargiza Ergashevna), 49,20%iga esa Xolmo‘minov Zohidjon Xolmurod o‘g‘li (Xolmo‘minov Zohidjon Xolmurod o‘g‘li) egalik qiladi. Korxona gullar va ularning urug‘larini yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

«Bizda tasodiflar bo‘lmaydi. Budjet puli sarfi hokimlarning qo‘lida. Hokimlar esa kimgadir ota, aka, uka, o‘g‘il. Pul va qarindoshning begonasi bo‘lmaydi», deb yozadi bloger.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring