Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli qo‘rquv jiddiy kasallikka sabab bo‘lishi mumkin

Kuchli qo‘rquv jiddiy kasallikka sabab bo‘lishi mumkin

Tibbiyot fanlari nomzodi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi diabetologiya ilmiy bo‘limi xodimi Feruza Tohirovaning ta’kidlashicha, agar insonda diabetga moyillik bo‘lsa va u kuchli qo‘rquvni boshdan kechirsa, bu insonda kasallikka chalinish ehtimoli bor. 

– Surunkali davom etuvchi stress holatlari, uyqusizlik, gipertoniya kasalligi hamda qandli diabet 2-turiga moyil bo‘lganlarda ayrim dori preparatlarini muntazam qo‘llanishi (ayniqsa, glyukokortikoid guruhiga kiruvchi) ushbu kasallikning rivojlanishiga  sabab bo‘lishi mumkin.

Me’yordan ortiq ovqat iste’mol qilish va energiyani sarf qilmaslik natijasida organizmda energiya balansi buziladi. Odatdagidek sarf bo‘lmayotgan energiya organizmda glikogen va yog‘lar ko‘rinishida to‘planib boradi. Bu jarayon kuchayib borgani sari organizmda insulinga sezuvchanlik kamayib boradi va bu holat uglevodlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ya’ni, qandli diabet 2-turining paydo bo‘lishi ijtimoiy holatga emas, balki kamharakatlik, nosog‘lom va ortiqcha ovqatlanishga bog‘liq.

Xastalikning 2-turining o‘ziga xos tomoni – kasallikni oldini olish imkoniyati borligidir. Uning rivojlanishidan oldin diabet oldi holatlari kuzatiladi, ya’ni qonda qand miqdori me’yordan oshadi, lekin kasallik darajalariga yetib bormaydi. Bu asosan tana vazni ortiqcha bo‘lgan insonlarda kuzatiladi. Ko‘pincha bu insonlar hech narsaga shikoyat qilmaydi, shuning uchun shifokorga murojaat qilishmaydi. Olimlar hisobiga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda juda ko‘p insonlarda diabet bor, lekin ko‘pchilik bundan bexabar yurishadi. Hozirda keng tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi diabet oldi holati bo‘lganlarda diabet rivojlanishiga turtki bo‘lmokda va diabetning 2-turiga chalingan, lekin o‘zi bundan bexabar insonlarning shifokorga murojaat qilishiga sabab bo‘lmoqda, – deydi mutaxassis.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring