Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat bo‘limi boshlig‘ini «itdan bo‘lgan!» deb haqorat qilgan tuman hokimi o‘rinbosariga (ayol) «hayfsan» berildi

Madaniyat bo‘limi boshlig‘ini «itdan bo‘lgan!» deb haqorat qilgan tuman hokimi o‘rinbosariga (ayol) «hayfsan» berildi

Foto: «O‘zA»

Andijon viloyatining Marhamat tuman hokimi o‘rinbosari —  Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limining rahbari Ma’muraxon Sotvoldiyeva tuman madaniyat bo‘limi boshlig‘i Akmal Yuldashevni «ilon po‘st tashlaydigan» so‘zlar bilan haqorat qilgani xabari berilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, kuni kecha ayni masala Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i Manzura Yunusova hamda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Marhabo Sattorova ishtirokida muhokama qilingan.  Muloqot asnosi ikkala tomon ham bir-birlaridan uzr so‘rab, o‘zaro gina-kudurati yo‘qligi bois yarashib olishgan.

Shuningdek, Marhamat tumani hokimi Shuhrat Qamchiyevning farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandi bilan hokim o‘rinbosari M. Sotvoldiyevaga tuman tashkiloti rahbariga nisbatan muomala madaniyatiga rioya etmaganligi uchun «hayfsan» intizomiy jazosi berilganligi aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring