MIB soliq to‘lamagan tadbirkorlarning avtomashinasi, bino va ofis jihozlarini xatlovga oldi

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, noqonuniy faoliyat yuritayotgan fuqarolarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali soliq bazasini kengaytirish, mahalliy budjetga tushumlarni ko‘paytirish, soliq qarzdorligi o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga aniq vazifalar belgilab bermoqda. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash, soliq qarzini qisqartirish maqsadida 2018 yil 18 may kuni Davlat soliq qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining qo‘shma buyrug‘i imzolandi. Unga asosan 1121 nafar xodimlar yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzini sud tartibida undirish ishlariga jalb qilindi.
Tashkil etilgan hamkorlikdagi tadbirlar natijasida o‘tgan 5 kun ichida 1387 ta qarzdorlardan 13,8 mlrd.so‘m mablag‘ davlat budjetiga undirildi.
Biroq ogohlantirishlarga qaramasdan budjetga tushishi kerak bo‘lgan soliqlarni to‘lamagan 1329 ta qarzdorlarning 114,8 mlrd.so‘mlik 335 ta transport vositalari, 457 ta bino inshootlari, 2631 ta ofis jihozlari hamda boshqa turdagi mol-mulklari kim oshdi savdolari orqali sotish va tushgan mablag‘lardan soliq qarzini to‘lash uchun xatlovga olindi.
Bunday tadbirlardan qo‘zlangan maqsad kimnidur jazolash yoki birovning mulkini olib qo‘yish emas. Aksincha, qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter