MIB tadbirkorga 35 ming AQSh dollarini undirib berdi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 25-iyun kungi qaroriga asosan qarzdor kompaniyasi hisobidan YaTT «Xalilov Jasurbek Ismailovich» foydasiga salkam 35 ming AQSh dollari miqdorida pul undirish belgilagandi.
Sud qarori ijrosi xamirdan qil sug‘urishdek kechmaydi. Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim, deb bejiz aytilmagan, axir. «Oldi-berdi» masalasi sudlashish darajasiga yetib borganining o‘ziyoq qarzdor o‘z zimmasidagi majburiyat qanday munosabatda bo‘lganini tasavvur qilavering.
Xullas, ijro hujjati Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi ijro ishi yurituviga kelib tushgach, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. Bundan qarzdor voqif etilishi barobarida ixtiyoriyda o‘n besh kun muddat borligi, shu vaqt ichida sud hujjatida ko‘rsatilgan talablar ixtiyori bajarilmasa, qonunda ko‘rsatilgan huquqiy choralar qo‘llanishi mumkinligi xususida ogohlantirildi.
Shu tariqa harakatlar davom ettirib, qisqa vaqt mobaynida sud hujjati ijrosi nihoyasiga yetkazildi: jami 34 ming 965 AQSh dollari YaTT «Xalilov Jasurbek Ismailovich» hisob raqamiga to‘liq o‘tkazib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter