Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mikrokreditbank» ajratgan kreditlar haqida ma’lumot berildi (foto)

«Mikrokreditbank» ajratgan kreditlar haqida ma’lumot berildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 30-mart kuni «Milliy matbuot markazi»da «Mikrokreditbank» ATB tomonidan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar» to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Nadbirni «Mikrokreditbank» ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov ochib, bank tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish borasidagi olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, bank tomonidan 2021-yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 1,1 trln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilib, 15 mingdan ortiq aholi bandligi va qo‘shimcha daromad manbalari yaratilishi ta’minlangan. 2021-yil davomida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha jami 9104 ta loyihaga 356,0 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘lar yo‘naltirildi.

Shundan:

  • Chorvachilik yo‘nalishiga 130,0 mlrd so‘m (5 353 bosh yirik, 20 ming mayda);
  • Issiqhona 73,0 mlrd. so‘m (128,4 gektar issiqxona);
  • Parrandachilikka 40,2 mlrd. so‘m (1149 ming bosh parranda);
  • Quyonchilikka 62,0 mlrd.so‘m (221 ming bosh quyon);
  • Boshqa qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarga 50,8 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

«Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish» ijtimoiy dasturlari doirasida jami 456,1 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lsa, shundan  48 foizi yoki 219,9 mlrd. so‘mlik qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarga yo‘naltirildi va 18 100 ta aholi bandligi ta’minlandi.

«Mikrokreditbank»ka mas’ul yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularni tadbirkorlikka jalb etish maqsadda, Oilaviy tadbirkorlikka ajratilingan kreditlarning 128,6 mlrd. so‘mi yoshlarning qishloq xo‘jaligi loyixalarini moliyalashtirishga yo‘naltirildi.

Mazkur kreditlar hisobiga Respublikamiz hududlarida 118 gektar yer maydonlarida issiqxonalar tashkil etildi, 5 178 ta naslli chorva mollariga va 1 475 ta parrandachilik xo‘jaliklari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-noyabrdagi PQ-4538-sonli qaroriga muvofiq Osiyo taraqqiyot bankining «O‘zbekistonda chorvachilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat tizimini rivojlantirish» loyihasi doirasida 25,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi bo‘yicha 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniya mablag‘lari chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va quyonchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etildi.

Mazkur mablag‘lar hisobidan 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida 9 ta loyihaga 28,6 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. (2020-yilda 65 ta loyihaga jami 184,8 mlrd. so‘mlik kreditlar ajratilgan bo‘lib, Shundan 5 202 ta yirik shohli qora mol va 3 618 ta mayda shohli chorva mollari keltirilgan.)

Bundan tashqari, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) «Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish» loyihasi bo‘yicha 25,6 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit liniyasi doirasida 21,4 mln. dollar ekvivalentidagi mablag‘lar meva-sabzavotchilik sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etildi.

Respublikada sanoat usulida quyon yetishtirishni tashkil qilish va aholi honadonlarida quyon boqishni yo‘lga quyish borasida bank tomonidan qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, Respublikamiz hududlarida 391 ta quyonchilikka ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar tashkil qilinib, ushbu xo‘jaliklarni va jismoniy shaxslarni quyonchilik bilan shug‘ullanishi borasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun bank tomonidan jami 3 578 ta (shundan 391 ta yuridik shaxslarga va 3 187 ta jismoniy shaxslarga) mijozlarga 302,0 mlrd.so‘m miqdorda kreditlar ajratilib, 4 387 ta ish o‘rni yaratildi.

Shundan, 2021-yilda kreditlarning 50,6 mlrd. so‘mi yuridik shaxs maqomiga ega 23 ta quyonchilik xo‘jaliklariga, qolgan 11,3 mlrd. so‘mi 468 ta jismoniy shaxslarga o‘z xonadonida quyonchilikni rivojlantirish maqsadi uchun yo‘naltirildi. Buning natijasida, joriy yilning o‘tgan davrida 16 ta yangi quyonchilik xo‘jaliklari tashkil etildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida Respublika bo‘yicha barcha toifada parvarishlanayotgan quyonlar bosh soni 2021-yil boshiga 1 746 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 1 894 ming boshga yetkazildi.

Xususan, joriy yilda 663 ta xonadonlarga  19 941 ta naslli quyonlar tarqatildi, shundan 288 ta xonadonga 2 883 ta quyonlar 6 ta quyonchilik xo‘jaliklari tomonidan kooperatsiya asosida tarqatildi.

Shuningdek, joriy yilda quyonchilik yo‘nalishida umumiy qiymati 317,4 mlrd.so‘mlik 56 ta loyiha shakillantirildi va shundan 199 mlrd.so‘mi bank krediti tashkil etadi. 

Misol uchun: Toshkent viloyatida «Quyonchilik va Nasilchilik Agro kompleks» MChJning 50 ming bosh ona quyon boqishga mo‘ljallangan umumiy qitymati 19 mln.Yevro bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun dastlab 3,2 mln.Yevro (jami 11 mln. Yevro) kredit ajratildi. Loyiha joriy yil 4-choragida to‘liq ishga tushirilib, yillik 3 ming tonna go‘sht yetkazish quvvati yaratiladi va 200 yaqin aholi bandligi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, quyonchilik sohasini ilmiy asosda rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Samarqand, Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish markazlari tashkil etilib, ushbu sohagi qiziqish bildirgan tadbirkorlar va xonadon egalari bosqichma-bosqich o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot anjumani davomida «Mikrokreditbank» ATB mas’ul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring