Milliy gvardiya kursantlari «Sharaf lentalari»ni tarqatishda ishtirok etishdi (foto)

Joriy yilning 25-aprel kunida «Sharaf lentasi»ni tarqatish aksiyasiga start berildi. Shu bois Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi majmuasi maydonida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti kursantlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol va ko‘ngilli yoshlari ishtirokida milliy bayrog‘imiz ramzi tushirilgan «Sharaf lentasi»ni aholiga tarqatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bekatga kelib to‘xtagan jamoat transportlari hamda avtoulovlarga Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan maxsus stikerlar yopishtirildi, yo‘lovchilar va yig‘ilganlarga esa «Sharaf lentasi» taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan musiqiy chiqishlar hamda el ardog‘idagi san’atkorlarning tashrif buyurgani aksiya ishtirokchilari va aholiga yuqori kayfiyat ulashdi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter