Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Buxoroda faollar bilan suhbat o‘tkazdi

Mirziyoyev Buxoroda faollar bilan suhbat o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi.

Buxorolik nuroniylar ijtimoiy davlat tamoyili asosida joylarda inson manfaatlari ta’minlanayotganini aytishdi. Zamonaviy maktab va institutlar tashkil etilib, bolalar ta’lim-tarbiyasiga imkoniyatlar kengaymoqda. Aholining salomatligi doimiy nazoratda. 

Iqtisodiy-ijtimoiy dasturlar natijasida tumanlarga sanoat kirib borayapti, mahallalar obod bo‘lmoqda. Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilishga keng yo‘l ochilgan.

Sayxunobod tajribasi asosida iqtisodiy kompleks tashkilotlari kambag‘al oilalar bilan manzilli ishlab, ularning daromad topishiga ko‘maklashmoqda. Tomorqalardan samarali foydalanilayapti.

Bular yurtimizdagi to‘kinlik va farovonlik, ijtimoiy muhit barqarorligini yanada mustahkamlayotgani ta’kidlandi. Nuroniylar Buxoroda ishga tushirilayotgan va qurilayotgan korxonalarning aholi bandligidagi ahamiyatini qayd etib, davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring