Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nataliya German: «O‘ylaymanki, O‘zbekiston ochiqlik siyosatini davom ettiradi...»

Nataliya German: «O‘ylaymanki, O‘zbekiston ochiqlik siyosatini davom ettiradi...»

Foto:«Xabar.uz»

BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Nataliya German kecha rasmiy tashrif bilan Toshkentga tashrif buyurdi.

Nataliya xonim butun o‘zbekistonliklarni va xususan prezident Shavkat Mirziyoyevni mamlakat tarixida ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti huzuridagi Inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘lgani bilan tabrikladi. BMT Bosh kotibining rasmiy vakili sifatida Nataliya German  Xabar.uz muxbiriga kichik intervyu berdi.

- O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo bo‘ldi. Nima deb o‘ylaysiz, tashkilotga a’zo bo‘lish Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari uchun ham muhimmi?

- Albatta, muhim. Inson huquqlari kengashi BMTning missiyalarini targ‘ib qiladi. Bu tashkilotga a’zo bo‘lish oddiy masala emas. Tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatga BMTning ishonchi oshadi. BMT bunday davlatlarga doimiy tarzda insonparvarlik yordamlarini berib turadi. A’zo bo‘lmagan davlatlarga ham yordam beradi, albatta (kuladi). Umuman olganda ayting-chi, bugungi kunda insonparvarlik qaysi davlat uchun muhim emas? BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi insonparvarlikni targ‘ib etuvchidir.

- O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi barqarorligi va tinchligida tutgan o‘rni haqida BMT Bosh kotining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili sifatida nima deya olasiz?

- O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida eng aholisi ko‘p mamlakat hisoblanadi. Bundan tashqari Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan ham chegaradoshdir. Bundan tashqari prezident Shavkat Mirziyoyevning yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli mamlakat mintaqada yanada ko‘proq rol o‘ynamoqda. Mamlakatingizning mintaqa tinchiligida tutgan o‘rnini yuqori baholayman. O‘ylaymanki, O‘zbekiston ochiqlik siyosatini davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Nataliya German Moldova siyosatchisi va 2017 yildan beri BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili hisoblanadi. 2016 yil fevral oyida u Pan Gi Mundan so‘ng Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibligiga nomzodi sifatida ko‘rsatilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring