Taqiqlangan joyda mashina yuvgan fuqaro 669000 so‘mga tushdi

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kitob tuman nazorat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Beshqazoq MFY xududidan oqib o‘tuvchi Oq suv daryosi xududida fuqaro A.X tomonidan o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasini daryo suviga yuvib suvni ifloslantirayotgan xolati aniqlandi. Bu bilan xuquqbuzar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 19 moddasi talablarini buzgan. Fuqaroga xuquqbuzarligi uchun MJtK 72 moddasi 1-qismi olti yuzi oltmish to‘qqiz ming so‘m jarima belgilandi.
«Xalqimizda qadimdan suvga tupurma, suvga axlat tashlama degan naqllar bekorga aytilmagan. Shunday ekan ona tabiatning betakror ajralmas qismi xisoblangan obi xayotni asrab avaylash barchamizning vazifamizdir», — deyiladi Qashqadaryo vioyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati tomonidan berilgan xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter