Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi

Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi

Foto: «Uza.uz»

Nurobod tumani hokimligida Samarqand viloyati prokurori R.Masharipov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘i bilan Soyipova Norsuluv Rahimovna Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.

N.Soyipova 1979-yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U prokuratura organlaridagi faoliyatini Samarqand tumani prokuraturasida boshlab, 2019-yildan buyon Samarqand shahar prokurorining katta yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

N.Soyipova Samarqand viloyatidagi yagona ayol tuman prokurori hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring