Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 30 yil davomida hech qanday islohot o‘tkazilmaganini tan oldi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 30 yil davomida hech qanday islohot o‘tkazilmaganini tan oldi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» «O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish sohasidagi islohotlar» mavzusida munosabatni e’lon qildi.

Unda aytilishicha, kompaniya «sohadagi dolzarb muammolar yuzasidan xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni doimiy ravishda kuzatib bormoqda».

Hozirda MAK «Turkish airlines», «Isra air», «Garuda», «Aeroflot», «IrAero», «S7», «Yakutiya», «SCAT» va boshqa bir qator xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralar olib bormoqda. Yuqorida sanab o‘tilgan kompaniyalar joriy yilning mart oyidan boshlab, «Ochiq osmon» rejimidan foydalangan holda Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Irkutsk, Krsanoyarsk, Olmota, Nur-Sulton, Aqtau yo‘nalishlarida parvozlarni amalga oshirishni boshlashga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, Isroil va Turkiyaga parvozlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.

«Bu mamlakatimiz fuqaro aviatsiyasini isloh qilish bo‘yicha ishlarning faqatgina birinchi bosqichidir. Mazkur sohada boshlangan islohotlar tizimli ravishda, jadal sur’atlarda davom ettiriladi. Aynan bu yo‘nalishdagi islohotlarning jadallashtirilishi natijasida 2020 yil mamlakatimiz aviatsiya sohasida tub burilish yili bo‘ladi deb umid qilamiz.

Barchaga ma’lumki so‘nggi 30 yil davomida mazkur sohada deyarli hech qanday islohotlar amalga oshirilmadi. Buning oqibatida esa jiddiy muammolar to‘planib qoldi. Soha rivojiga yetarli darajada e’tibor qaratilmagani va mutlaqo raqobat muhitining mavjud emasligi ortidan u monopoliya tamoyillari asosida rivojlandi. Tariflarning yuqoriligi va taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining pastligi ham aynan shuning natijasidir» - deyiladi kompaniya xabarida.

Aviakompaniya sohadagi muammolarni yechishda keng jamoatchilik va ekspertlar fikrini kutishini ma’lum qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring