Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Qirg‘izistonda 9 ta korxona quradi

O‘zbekiston Qirg‘izistonda 9 ta korxona quradi

Foto: «Podrobno.uz»

O‘zbekiston Kirg‘izistonda avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish, plastik qismlar ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlar uchun 9 ta korxona ochadi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish agentligi direktorining o‘rinbosari ma’lum qildi.

9 ta korxonadan 7 tasi qo‘shma korxona maqomiga ega bo‘ladi. Agar O‘zbekistonnning «Artel Engineering» va Qirg‘izistonning «L.T.B» firmasi «Artel» markasida kir yuvish mashinasini yig‘sa, «Perfect Plast Profil» (O‘zbekiston) va «Imzo LTD» (Qirg‘iziston) plastik va alyuminiy profillar ishlab chiqarish uchun sex quradi.

Bundan tashqari, «O‘zavtosanoat» va «AvtoOңdooZavod» hamkorlikda Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi va traktorlarni yig‘ish bo‘yicha 2 ta korxona tashkil etadi. Avtobuslarni yig‘ish va transport xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha zavodlar ochilishi ham rejalashtirilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu bitimlar bo‘yicha memorandumlar tuzilgan. Qolaversa, ulardan bir nechtasi qurib bitkazilgan, qolganlari esa 2018-yilda bitkazilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring