Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan ikkita chegara punkti ochildi

O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan ikkita chegara punkti ochildi

Foto: Sirdaryo.uz

O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» (Qozog‘iston tomonidan — «Sirdaryo») va «Oqoltin» (Qozog‘iston tomonidan — «Selinniy») chegara bojxona punktlari faoliyati 12 iyul kunidan boshlab qayta tiklandi.

Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu punktlar faqat kunning yorug‘ vaqtida faoliyat olib borib, ular orqali yengil turdagi avtotransport vositalari va fuqarolar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati pandemiya sababli 2020 yil mart oyidan boshlab vaqtincha to‘xtatilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring