O‘zbekistonni tark etgan zobit Qozog‘istonda amaldor bo‘ldi

Qozog‘iston Xalq Qahramoni Qayrat Umbetov mamlakat Milliy gvardiyasi bosh qo‘mondoni o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar bermoqda Polisia.kz.
Qayrat Umbetov Qarag‘andadagi harbiy mashg‘ulotda behosdan dumalab ketgan granatani tanasi bilan yopib bir askarning hayotini saqlab qolgandi. Natijada polkovnik yelkasi va o‘ng oyog‘i tizzasi pastki qismidan jarohatlar olgan. Bu xizmatlari uchun «Oltin Yulduz» va «Otan» ordeni, «Xalq Qaharmanı» unvoni bilan taqdirlangandi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi saytida Qayrat Umbetov 1977-yil 10-sentyabrda Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida tug‘ilgani ko‘rsatilgani ko‘rsatilgan. Otasi Jarilqosin Sutibayevich SSSR ichki qo‘shinlarida xizmat qilgan.
1994-yilda Umbetov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurtining qo‘mondonlik-taktika fakultetiga o‘qishga kirdi. O‘qishni tamomlagach, Andijon viloyati Xonobod shahridagi havo hujumi brigadasining birinchi desantchilar batalonida xizmat qilgan.
2001-yilda Qayrat katta leytenant sifatida O‘zbekistonda nafaqaga chiqib, Qozog‘istonga ko‘chib o‘tgan, So‘ngra Qozog‘iston ichki qo‘shinlarida xizmat qilishni davom ettirdi. Bugungi kunda Qayrat Umbetov polkovnik unvoniga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter