«O‘zgidromet» bugun sel-suv toshqin hodisalaridan ogohlantirdi

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-11° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-10° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter