Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2021-yilda poraxo‘rlik 3 barobarga ortib, moddiy zarar 1,3 trln. so‘mga yetgan – Senat

2021-yilda poraxo‘rlik 3 barobarga ortib, moddiy zarar 1,3 trln. so‘mga yetgan – Senat

 

2021-yilda korrupsion jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga qariyb 1,3 trln. so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan majlisda ta’kidlandi.

Ta’kidlanishicha, respublikada korrupsion jinoyatlarga qarshi olib borilgan faol ishlar natijasida 2021-yilda respublika bo‘yicha 3 769 ta korrupsiyaga oid jinoyat ishi sudlarga yuborilgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln. 282 mlrd. so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2020-yilga nisbatan 3 baravarga oshgan.

Senatorlar muhokamasida aksariyat korrupsiyaga oid jinoyatlar Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari hamda bank tizimi tashkilotlariga to‘g‘ri kelganiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududlar kesimida Toshkent shahri, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida eng yomon ko‘rsatkichlar qayd etilganligi tanqid qilindi.

Majlis so‘nggida muhokama qilingan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring