Prezident Sirdaryodagi og‘riqli muammolarga to‘xtaldi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyatdagi muammolarga to‘xtalib o‘tdi.
— Bugungi kunda viloyatda 40 ming nafar aholi ishsiz. Bunga qo‘shimcha ravishda har yili mehnat bozoriga 15 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 30 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.
Vaholanki, Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport-logistika va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi imkoniyatlar to‘liq ishga solinsa, ishsizlik degan muammo umuman qolmaydi.
Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning yangi davri Sirdaryodan boshlanganidan xabaringiz bor.
«Xonadonbay» o‘tkazilgan xatlovlar natijasida, viloyatda 282 ming nafar (33 foiz) aholida surunkali kasalliklar aniqlandi, — dedi Mirziyoyev.
Amaldagi davlat rahbari ushbu muammolarni hal qilishga bugundan kirishish lozimligini ta’kidlarkan, Sirdaryoni barcha sohalar bo‘yicha jadal rivojlantirish va aholi hayotini yaxshilash maqsadida besh yillik dastur loyihasi tayyorlanganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter