Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning rasmiy veb-sayti: yangi format va dizaynda

Prezidentning rasmiy veb-sayti: yangi format va dizaynda

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti – president.uz yangi formatda va dizaynda ishga tushirildi. Sayt kontent jihatidan ham boyigan va qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan. Videogalereya qo‘shilgan.

Jumladan, president.uz saytining birinchi sahifasidan so‘nggi yangiliklar, prezident ijtimoiy tarmoqlarda, xorijga va hududlarga tashriflarni ko‘rsatuvchi O‘zbekiston va jahon xaritasi, infografika va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga oid asosiy ma’lumotlar joy olgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti 2017-yilda ishga tushirilgan.

Mazkur saytda prezident qabul qilayotgan qaror va farmonlar hamda davlatimiz rahbari amalga oshirayotgan barcha ishlar o‘rin oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring