Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston 20 dekabrdan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib bera boshlaydi

Qirg‘iziston 20 dekabrdan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib bera boshlaydi

Foto: «Sputnik.kg»

Qirg‘iziston milliy energetika xoldingi joriy yilning 20-dekabridan so‘ng O‘zbekistonga elektr energiyasini yetkazishni boshlaydi. Xoldingning rejalari haqida boshqaruv raisi Oybek Qaliyev bayonot berdi. Bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Manbaning qayd etishicha, O‘zbekiston bilan tuzilgan shartnoma 2017-yil dekabridan 2018-yil martiga qadar 550 mln kVt/soat elektr energiyasi yetkazib berilishini nazarda tutadi.

Energiyaga bo‘lgan ehtiyojning ortishi munosabati bilan shu yilning 13-dekabridan To‘xtag‘ul GESida ikkinchi agregat ishga tushirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring