Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘qon shahrida Davaktiv agentligi mutaxassisi ushlandi

Qo‘qon shahrida Davaktiv agentligi mutaxassisi ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Qo‘qon shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’yektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi mutaxassisi B.M. shahar hududida joylashgan avtobekatni «Aqlli bekat» sifatida foydalanish uchun loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, loyiha tashabbuskori M.S.dan 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring