Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda qancha o‘zbekistonlik mehnat qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonda qancha o‘zbekistonlik mehnat qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Olmaota hokimligi matbuot xizmati

Qozog‘iston mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi mamlakatga qaysi mamlakatlardan mehnat migrantlari kelib ishlayotganini ma’lum qildi.

Vazirlikka ko‘ra, Qozog‘istonga mehnat migrantlari asosan to‘rt mamlakatdan kelmoqda:

  • Xitoy — 4 123 kishi
  • O‘zbekiston — 1 968 kishi
  • Turkiya — 1 152 kishi
  • Hindiston 1 114 kishi.

2024-yil 1-iyul holatiga, Qozog‘istonda ishlayotgan chet elliklar soni 14 049 nafarni tashkil etmoqda.

Ular asosan qurilish; qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaliklari; ma’muriy va yordamchi xizmat; tog‘-kon sanoati va qayta ishlash sanoati yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring