Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylov natijasidan norozi vengerlar namoyishga chiqdi

Saylov natijasidan norozi vengerlar namoyishga chiqdi

Foto: www.interfax.ru

«Associated Press» agentligiga ko‘ra, o‘n minglab kishilar Viktor Orban Vengriya bosh vaziri lavozimiga to‘rtinchi marta saylanishiga qarshiligini bildirib, shanba kuni Budapesht ko‘chalariga namoyishga chiqishdi.

Ularning aytishicha, hukmron koalitsiya ellik foizdan kamroq ovoz olganiga qaramasdan parlamentdagi 199 o‘rinning 134 tasini egallagan. Bundan tashqari, odamlar Orbanning ittifoqchisi — Vengriya bosh prokurori Peter Poltning iste’fosini talab qilishmoqda, uni korrupsiyachilarga homiylik qilishda ayblashayapti.

Shuningdek, odamlar hukumatning mahalliy ommaviy axborot vositalariga ta’sirini kamaytirishni ham so‘rashmoqda. Ularning fikricha, hukumatning ta’siri bilan OAV davlatning tashviqot quroliga aylanib qolgan.

Namoyishchilar parlament binosiga kelib, o‘z shiorlari va talablarini bayon qilishgan. Namoyish so‘ngida esa Vengriya va Yevropa ittifoqi madhiyalarini kuylashgan.

Tashkilotchilarning aytishicha, kelasi dam olish kunlari yana bir namoyish uyushtiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring