Sherigining 120 ming dollarini o‘zlashtirgan «ishbilarmon»ga jinoyat ishi ochildi

2017-yil may oyida Shayxontohur tumanida yashovchi Sh.A. Chilonzor tumanida mebel do‘konida fuqaro I.Sh.ga birgalikda tadbirkorlik qilishini aytib, aldov yo‘li bilan undan 120 000 AQSh dollarini olib, uni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.
Bunga 2019-yil 30-yanvar kuni Toshkent shahar Olmazor tuman IIO faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limidan tushgan hujjatlar asos qilib keltirilmoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida Sh.A. ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter