Tibbiyot sohasida jiddiy o‘zgartiriladigan 5 ta yo‘nalish ma’lum qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor o‘tkazmoqda.
Yig‘ilish davomida tibbiyot tizimida 5 ta yo‘nalishda jiddiy o‘zgarishlar qilish lozimligi ma’lum etildi.
Birinchisi – birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini kasallikni erta aniqlaydigan va davolaydigan tizimga aylantirish.
Ikkinchisi – ixtisoslashgan markazlar tomonidan joylarda tor doiradagi tibbiy xizmatlar hajmini oshirish va sifatini tubdan yaxshilash.
Uchinchisi – raqamlashtirish orqali sohada qog‘ozbozlik, byurokratiya va korrupsiyani keskin qisqartirish.
To‘rtinchisi – tibbiyotning barcha yo‘nalishlarida raqobatning rivojlanishi va xususiy sektor jadal kirib borishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash.
Beshinchisi – tibbiyot xodimlarining bilimini oshirish, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter