Tojikiston delegatsiyasi Samarqandga yetib keldi (foto)

Bugun, 20-aprel kuni Samarqand viloyati va Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati o‘rtasidagi «Jartepa» o‘tkazish punktidan Tojikiston delegatsiyasi yetib keldi.
Mazkur marosimda ikki viloyatning jamoatchilik vakillari, faollar va chegara hududidagi mahallalarda yashovchi aholi, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.

Tantanali tarzda va do‘stona muhitda o‘tgan marosimlarda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev va So‘g‘d viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda qatnashdi.
Jam bo‘lganlar ikki xalq o‘rtasidagi qadim-qadimdan davom etib kelayotgan do‘stlik munosabatlarida ochilayotgan yangi sahifalarning debochasiga guvoh bo‘lishdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter