Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi aprel oyida tiklanadi

«Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi kelasi oyda tiklanadi», — deya xabar berdi «Asian Express Terminal» transport kompaniyasi rahbari Sulton Kamolov 22-mart kuni.
Uning so‘zlariga qaraganda, avtobuslar Dushanbedan Denov va Termizga, Panjikentdan Samarqandga va Xo‘janddan Toshkent va Farg‘onaga qatnaydi. Biroq hozircha tojik va o‘zbek transportchilari shaharlararo avtobuslarning yo‘lkira narxi borasida kelishmadilar.
«Biz yo‘lkira narxlari bo‘yicha kelishib olishimiz kerak, chunki bu yo‘nalishlarda o‘zbek kompaniyasi ham yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Yaqin orada kompaniyamiz delegatsiyasi Toshkentga boradi, biz o‘zbek hamkasblarimiz bilan shaharlararo avtobuslarning yo‘lkira narxi yuzasidan yakuniy kelishuvga erishishamiz deb umid qilaman», — deydi Sulton Kamolov.
U shuningdek «Asian Express Terminal» kompaniyasi Toshkent bilan «O‘zavtosanoat» tomonidan ishlab chiqarilgan 200 ta avtobus xarid qilish borasida shartnoma imzolaganini ham ta’kidlab o‘tdi. «Tez orada avtobuslar kolonnasi Dushanbega keladi», — deya ta’kidladi «Asian Express Terminal» kompaniyasi rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter