Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi aprel oyida tiklanadi

Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi aprel oyida tiklanadi

Foto: «Sputnik»

«Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovi kelasi oyda tiklanadi», — deya xabar berdi «Asian Express Terminal» transport kompaniyasi rahbari Sulton Kamolov 22-mart kuni.

Uning so‘zlariga qaraganda, avtobuslar Dushanbedan Denov va Termizga, Panjikentdan Samarqandga va Xo‘janddan Toshkent va Farg‘onaga qatnaydi. Biroq hozircha tojik va o‘zbek transportchilari shaharlararo avtobuslarning yo‘lkira narxi borasida kelishmadilar.

«Biz yo‘lkira narxlari bo‘yicha kelishib olishimiz kerak, chunki bu yo‘nalishlarda o‘zbek kompaniyasi ham yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Yaqin orada kompaniyamiz delegatsiyasi Toshkentga boradi, biz o‘zbek hamkasblarimiz bilan shaharlararo avtobuslarning yo‘lkira narxi yuzasidan yakuniy  kelishuvga erishishamiz deb umid qilaman», — deydi Sulton Kamolov.

U shuningdek «Asian Express Terminal» kompaniyasi Toshkent bilan «O‘zavtosanoat» tomonidan ishlab chiqarilgan 200 ta avtobus xarid qilish borasida shartnoma imzolaganini ham ta’kidlab o‘tdi. «Tez orada avtobuslar  kolonnasi Dushanbega keladi», — deya ta’kidladi «Asian Express Terminal» kompaniyasi rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring