Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonga ketayotganda chegaradan qancha miqdorda mahsulot olib o‘tish mumkin?

Tojikistonga ketayotganda chegaradan qancha miqdorda mahsulot olib o‘tish mumkin?

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari G‘ayrat Sattorov bergan ma’lumotga ko‘ra, «Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi avtomobil yo‘li (piyoda yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda 300 AQSh dollari miqdorigacha bojxona to‘lovi undirilmaydi.

Jismoniy shaxslar 3 000 AQSh dollarigacha qiymatidagi tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan olib chiqishi mumkin. Shuningdek, ayrim turdagi tovarlar uchun olib chiqishning quyidagi me’yorlari tasdiqlandi:

  • guruch 3 kg.;
  • non mahsulotlari 5 kg.;
  • go‘sht va go‘sht mahsulotlari 2 kg.;
  • shakar 2 kg.;
  • o‘simlik yog‘i 2 kg.;
  • yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalar — 40 kg.gacha;
  • Alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo 2 litrgacha;
  • barcha turdagi tamaki mahsulotlari 10 qutigacha;
  • atir va atirsimon suyuqliklar 3 donagacha;
  • qimmatbaho metal va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari 65 grammgacha.

Ma’lumot uchun: joriy yilning 1-martidan — 1-apreligacha «Jartepa» avtomobil o‘tkazish punkti orqali mamlakatimizga kirishda 18 ming nafardan, chiqishda 29 mingdan ortiq fuqarolar chegarani kesib o‘tishgan. Ushbu davr mobaynida jami 1 400 dan ortiq avtotransport vositalari harakatlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring