Tojikistonga ketayotganda chegaradan qancha miqdorda mahsulot olib o‘tish mumkin?

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati rahbari G‘ayrat Sattorov bergan ma’lumotga ko‘ra, «Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidagi avtomobil yo‘li (piyoda yo‘li) o‘tkazish punktlari orqali bojxona chegarasini kesib o‘tganda 300 AQSh dollari miqdorigacha bojxona to‘lovi undirilmaydi.
Jismoniy shaxslar 3 000 AQSh dollarigacha qiymatidagi tovarlarni bojxona deklaratsiyasi taqdim etmasdan olib chiqishi mumkin. Shuningdek, ayrim turdagi tovarlar uchun olib chiqishning quyidagi me’yorlari tasdiqlandi:
- guruch 3 kg.;
- non mahsulotlari 5 kg.;
- go‘sht va go‘sht mahsulotlari 2 kg.;
- shakar 2 kg.;
- o‘simlik yog‘i 2 kg.;
- yangi meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalar — 40 kg.gacha;
- Alkogol mahsulotlari, shu jumladan, pivo 2 litrgacha;
- barcha turdagi tamaki mahsulotlari 10 qutigacha;
- atir va atirsimon suyuqliklar 3 donagacha;
- qimmatbaho metal va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari 65 grammgacha.
Ma’lumot uchun: joriy yilning 1-martidan — 1-apreligacha «Jartepa» avtomobil o‘tkazish punkti orqali mamlakatimizga kirishda 18 ming nafardan, chiqishda 29 mingdan ortiq fuqarolar chegarani kesib o‘tishgan. Ushbu davr mobaynida jami 1 400 dan ortiq avtotransport vositalari harakatlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter