Toshkent viloyatida 10 ming dollarni «maydalayotganlar» qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishini oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar D.U. va O‘.M.lar valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, jami 10 000 AQSh dollarini fuqaro D.ga 107,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter