Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 10 ming dollarni «maydalayotganlar» qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida 10 ming dollarni «maydalayotganlar» qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishini oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar D.U. va O‘.M.lar valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, jami 10 000 AQSh dollarini fuqaro D.ga 107,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring