Toshkentda 14 yoshli bolani mashina urib ketdi

2021 yil 3 dekabr kuni Toshkentdagi «Malika» savdo markazi yonida «Neksiya» mashinasi 14 yoshli bolani urib yuborgan. Bu haqda jabrlanuvchining tog‘asi ma’lum qildi.
«Shu yo‘lda bo‘lgan tez tibbiy yordam mashinasi bolani 7-shahar klinik shifoxonasiga olib borgan. Ahvoli og‘irlashgach, bola RShTYoMga o‘tkazilgan. Ertalabgacha singlim bilan kuyovimning bormagan joyi qolmagan. IIB xodimlari kasalxonada bola avariyasi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘lmaganini ma’lum qilishgan. Faqat jiyanimning sumkasidagi daftarda yozilgan maktab raqami va ism-familiyasini hamshiralar telegram kanallariga tarqatibgina, singlimni xabardor qilishgan. Erta tongdan karaxt holatda singlim kasalxonaga borgan va ne ko‘z bilan ko‘rsinki, jigargo‘shasi og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida yotibdi», deyu yozilgan postda.
Uning yozishicha, bundan bir yil avval opasining 11 yoshli o‘g‘li shu tariqa YTH qurboni bo‘lgan. «Qachon 10 soat o‘tsa hamki, tezkorlik bilan YTH haqidagi holatga oydinlik kirita olmaydigan IIBning ayrim xodimlari faoliyatini o‘nglay olamiz?», deya savol bergan post egasi.
Esingizda bo‘lsa, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida sinov tariqasida bo‘rtib chiqqan piyodalar yo‘lakchalari o‘rnatilgandi. Bunday bo‘rtma yo‘lakchalar Namangan viloyatinining ayrim tumanlarida ham o‘rnatilgan va shu kungacha piyodalar hayoti uchun yaxshi natija berib kelmoqda.
2021 yil 29 noyabrda imzolangan jamoat xavfsizligi konsepsiyasiga oid Prezident farmoni bilan tasdiqlangan strategiyaga ko‘ra, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga yondosh yo‘llarda tezlik me’yorlarini keskin kamaytirgan holda, ushbu me’yorlarni barcha joylar uchun yagona etib qat’iy belgilanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter