Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning uch hududida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi

Toshkentning uch hududida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi

Foto: Xabar.uz

Toshkentning uch hududida gaz ta’minoti vaqtincha uziladi. Bu haqda «Hududgazpoytaxt» xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram ko‘chasidagi yer usti gaz quvurlarini tartibga keltirish ishlari «Mirzo Ulug‘bek tumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shu sababli, 16-mart kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha Buyuk ipak yo‘li, Olmachi ko‘chalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani, M.Tarobiy ko‘chasida joylashgan yer usti o‘rta bosimli D-57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, 16 mart kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha ushbu mazildagi 1 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Olmazor tumani, Kichik xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan yer osti o‘rta bosimli D-57 mm gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu boisdan, bugun soat 11:00 dan 15:00 gacha «Miskin» mahallasida, Usta Olim, Usta Shirin ko‘chalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring