Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tuman hokimi respublika prokurori bo‘ldi

Tuman hokimi respublika prokurori bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Farxat Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlandi. Ayni xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.

Manbamizga ko‘ra, Farxat Allambergenov 1972-yilda tug‘ilgan. Adliya katta maslahatchisi (polkovnik) unvoniga ega.

Mehnat faoliyatini tuman prokurori yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchilikdan boshlagan F.Allambergenov qariyb 20 yil davomida tizimda turli vazifalarda faoliyat ko‘rsatgan. O‘tgan vaqt mobaynida u Qoraqalpog‘istonning uchta tumanida prokuror bo‘lgani aytiladi.

Keyingi uch yildan beri Taxiatosh tumani hokimi lavozimida ishlagan F.Allambergenov 2018-yilning noyabrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori etib tayinlangan  Xidir Karimov o‘rnini egalladi.

Xidir Karimov qaysi lavozimga o‘tkazilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring