Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainadan 6 mingdan ortiq vatandoshimiz O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Ukrainadan 6 mingdan ortiq vatandoshimiz O‘zbekistonga evakuatsiya qilindi

Foto: «Xabar.uz»

2022-yil 23-mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 146 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan, 42 nafar ayol, 12 nafar voyaga yetmaganlar hamda 2 nafar chaqaloq olib kelindi.

28-fevraldan 24-martga qadar 27 ta aviareys tashkillashtirildi hamda harbiy harakatlar kechayotgan hududlardan 6 030 nafar vatandoshimiz qaytarildi, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi bilan birgalikda vatandoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularni evakuatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring