Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq bankining «Yangi yil sovg‘asi» lotereyasi g‘oliblari e’lon qilindi

Xalq bankining «Yangi yil sovg‘asi» lotereyasi g‘oliblari e’lon qilindi

Foto: Xalq banki

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul-buyum lotereyalari o‘tkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 15-noyabrdagi 396-sonli qaroriga binoan aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga pul-buyum lotereyalarini tashkil etish va o‘tkazish huquqi berilgan. Bank Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga asosan bir necha turdagi lotereya o‘yinlarini o‘tkazib kelmoqda.

2017-yil davomida bank tomonidan «Omad lotto» va «Sharqona lotto» televizion, sonli lotereyalari, «Omad qushi», «Oltin baliq», «Besh karra besh» kabi lahzali va «Omad kulganda» tirajli, pul va buyum yutuqli lotereyalari tashkil etilgan bo‘lib, birgina 2017-yil davomida lotereya o‘yinlarida yutuq sohibiga aylangan fuqarolarimizga 38,5 mlrd. so‘mdan ortiq miqdordagi pul va buyum yutuqlari to‘lab berildi.

«Yangi yil sovg‘asi» tirajli, pul-buyum yutuqli lotereyasi ham ko‘plab yurtdoshlarimizga baxt va quvonch ulashdi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan yutuqlar tirajida «Spark», «Damas», «Matiz» rusumidagi jami 10 ta avtomobil va 2 000 so‘mdan 25 mln. so‘mgacha bo‘lgan 287 190 ta pul yutuqlari, jami 287 200 ta yutuqlar o‘z egalarini topdi.

Bank tomonidan muomalaga chiqarilgan lotereya tushumlari hisobidan birgina 2017-yilning o‘zida 3,1 milliard so‘mlik xayriya tadbirlari amalga oshirildi.

Jumladan, «Yangi yil sovg‘asi» lotereyasi yutuqlar tiraji davomida Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyiga moliyaviy yordam sifatida bir dona «Damas» avtomashinasi hamda bolalarning dunyoqarashlarini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanishlarini ta’minlash maqsadida 6 dona kompyuter jamlanmalari xayriya sifatida taqdim etildi.

O‘yin ishtirokchilariga yana bir bor eslatib o‘tamiz:

Yutuqli lotereyalar ikkita razryaddagi bir xil seriya va bilet raqamlari bo‘yicha yutuqli hisoblanib, Siz o‘yin natijalarini «Xalq so‘zi» gazetasi, www.lottery.uz va quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Xalq banki jamoasi g‘olib bo‘lgan barcha yurtdoshlarimizni chin ko‘ngildan muborakbod etadi.

 

Bank axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring