Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalqimizning xarid qobiliyatini oshirish kerak» — Shavkat Mirziyoyev

«Xalqimizning xarid qobiliyatini oshirish kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyat faollar kengashidagi chiqishi davomida yangi ish o‘rinlari borasida vazirlar, hokimlar va boshqa mutasaddilar oldiga talab qo‘ydi.

— Iqtisodiyotning rivoji xalqning xarid qobiliyati bilan bevosita bog‘liq. Buning uchun aholining daromadini oshirishimiz kerak. Oldimizda faqat bitta yo‘l bor — tadbirkorlikni rivojlantirish.

Hokimlar, tashabbus bilan chiqishi shart. Kerak bo‘lsa, mening oldimga o‘z muammolarini qo‘yishsin, mana shu ishni bajarib bersangiz, mana bunday ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yamiz. Shuncha ish o‘rni yaratamiz, desin, men xursand bo‘laman.

Yillar davomida qilgan ishimiz faqat Samarqand shahrining asfaltini yangilash va ko‘chasini yoritish bo‘ldi. Shu ishlarni bajarib, qarsak chalib yuraverdik.

Vazirlar Toshkentni qorovullash uchun ishga kirmagan, Samarqandda qolib, qanday ishlar amalga oshiriladi, qancha ish o‘rni yaratiladi, xalqqa hisobot beradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring