Xususiy klinikalarning mutaxassislari qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun xorijga yuboriladi

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xususiy tibbiyot tashkilotlari mutaxassislari 2018-yildan boshlab xorijga qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yuboriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining «Xususiy tibbiyot tashkilotlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida»gi qarorda so‘z boradi.
Hujjatga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga ikki oy muddatda xususiy klinikalarda ishlovchi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun xorijga yuborish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Qaror Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 29-dekabrda imzolangan. Uning matni O‘zAda e’lon qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter