Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko‘chib o‘tdi (foto)

Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi binoga ko‘chib o‘tdi (foto)

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Navro‘z ayyomi kunlarida Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati yangi binoda ish boshladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 2020 yilning 6 noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlab videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi binosi zamonaviy talablarga javob bermay qolgani haqida bildirilgan fikrlarga javoban davlat rahbari tomonidan bu masalaga e’tibor berish va yechim topish bo‘yicha topshiriq berilgan. Shuningdek, yig‘ilishda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining avvalgi binosini SSVga berish bo‘yicha taklif ilgari surilgan ham edi.

Uzoq yillardan beri vazirlik o‘rnashib kelgan Navoiy ko‘chasidagi 12-uy vazifalari kengayib borayotgan vazirlik talablariga javob bermay qolgan edi.

SSV ko‘chib o‘tgan Navoiy ko‘chasidagi 4-uy yangidan ta’mirlangan, barcha zamonaviy imkoniyatlarga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring