«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi «International inclusive hub»ga tashrif buyurdi (foto)

«Zamin» fondi Vasiylik kengashi raisi «International inclusive hub» — O‘zbekistonda inklyuziv jamiyatni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-jamoatchilik makoniga tashrif buyurdi.
Hab o‘z faoliyatini inklyuziv professional ta’lim dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan loyiha bilan boshladi.
Ziroat Mirziyoyeva habning rivojlanish strategiyasi, ishga joylashtirish, inklyuziv mahalla loyihalari, ma’lumotlar tahlili asosida o‘quvchining kasbiy yo‘nalishini aniqlovchi raqamli shaxsiy kartasi — LMS platformasi bilan tanishdi, «Xalqaro imo-ishora tili» darsida qatnashdi.
Samimiy muhitda mehmonlar o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlashdi, ular esa o‘z g‘oyalari va olgan ko‘nikmalari haqida so‘zlab berishdi.
Tashrif yakunida mehmonlar hech kimni ortda qoldirmasdan to‘siqlarni yengib o‘tishning ezgu namunasi bo‘lgan «Kundalik hayot teatri» fotoko‘rgazmasi va «Kichkina shahzoda» inklyuziv sahna ko‘rinishidan yorqin taassurot oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter