Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 kun ichida Eronda ikkinchi noxush rekord qayd etildi

5 kun ichida Eronda ikkinchi noxush rekord qayd etildi

Foto: «Rferl.org»

Eronda oxirgi 24 soat ichida 3902 ta yangi koronavirus holati aniqlandi. Bu kunlik antirekord sanaladi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy vakili Sima Sadat Lari.

Oldingi antirekord 1-oktyabr kuni kuzatilgandi — 3820 ta holat.

Idoraning rasmiy saytida, shuningdek, o‘tgan bir kecha-kunduzda 235 nafar bemor COVID-19 tufayli vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgan.

Shu tariqa Eronda koronavirusni yuqtirib olganlar soni jami 475 674 kishiga yetdi, jami 27 192 bemor hayotdan ko‘z yumdi.  Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 392 ming nafar bemor virusdan forig‘ bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring