9 kundan buyon kasallanish 700 nafardan kam bo‘lmoqda – SSV

Yurtimizda qatorasiga 9 kundan buyon kunlik kasallanish holatlari 700 nafardan kam bo‘lmoqda, yana 800 nafarga yaqin bemor kasallikdan to‘liq sog‘aydi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
2021 yil 10 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 163770 (+662) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 69 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 21 nafari Andijon viloyatida,
- 13 nafari Buxoro viloyatida,
- 16 nafari Jizzax viloyatida,
- 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Navoiy viloyatida,
- 18 nafari Namangan viloyatida,
- 71 nafari Samarqand viloyatida,
- 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 16 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 56 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 20 nafari Xorazm viloyatida,
- 107 nafari Toshkent viloyatida,
- 223 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 155910 (+796) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1148 nafarni tashkil qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter